“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasida mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ga hamda 26.01.2024-yildagi 7-sonli buyrug‘ga asosan Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i hamda Referent narx shakllantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha ishga qabul qilish tanlovi e’lon qilinadi:
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga talablar:
Asosiy talablar:
1. Oliy ma‘lumotli va yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassis, 10 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi zarur;
2. Kadrlar bo‘limi ish faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, boshqaruv ish tajribasi va xodimlar bo‘limi bo‘yicha kamida kamida 5 yillik ish stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, electron axborot-texnika vositalarida ishlash ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish.
3. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi.
Bilishi kerak:
Sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Fаrmоn va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, Markaz direktori buyruqlarining mohiyatini va ularni amaliyotga qo‘llashni;
O‘zbekiston Respubikasi Mehnat Kodeksini, shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi munosabatlar tartibini, kadrlar bilan ishlashni, shaxsiy tarkibni hisobga olish bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarning buyruqlari va farmoyishlarini;
uslubiy, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa lokal hujjatlar loyihasini tayyorlashni;
xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish tartibini;
mehnat daftarchalari va shaxsiy hujjatlarni yuritish va saqlash qoidalarini;
hisobotlarni rasmiylashtirish va tuzish tartibini;
xodimlar bilan o‘zaro muomalada axloqiy va nutq madaniyatini;
professional mahoratini doimiy takomillashtirib borish yo‘llarini;
mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlash qoidalari va me’yorlarini;
elektron-axborot vositalarida ishlash va electron tizim dasturlaridan foydalanishni.
Referent narx shakllantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga talablar:
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotli (farmatsevtika, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, va boshqalar) yuqori malakali, 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassis shaxslar tayinlanadi.
Bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida quyidagilarni bilishi zarur:
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va ularni amaliyotga tatbiq etish.
Markaz rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalarni ish vaqtida samarali rejalashtirgan holda bajara olish. Xodimlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash usullarini bilishi. Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olish. Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli, talabchanlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi hamda o‘zbek va chet tillarini mukammal bilishi lozim.
Ushbu lavozim bo‘yicha nomzodlar o‘z ma’lumotlarini web sayt yoki farmkomitet@ssv.uz pochtaga yuborishlari mumkin.
Ushbu e’lon Nizomga asosan 7 kalendar kun mobaynida amal qiladi.